(+99871)207-72-22

Prezident maktab-internatlari 5–11-sinflarning iqtidorli
bolalari uchun innovatsion ta’lim komplekslari bo‘lib,
ularda o‘qish ikkita tilda olib boriladi (o'zbek, ingliz).

Saralash imtihoni natijalarini bilish ID nomerni aniqlash
Davom eting

Faoliyatni tashkil etish

  • Prezident maktablari О‘zbekiston Respublikasining har bir hududida tashkil etilmoqda.
  • 2019-yilda Prezident maktab-internatlari Toshkent, Xiva, Nukus va Namanganda ochilmoqda.
  • Prezident maktab-internatlarida 5-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan 7 ta parallel ko‘zda tutilgan. Har qaysi parallelning har bir sinfida 12 ta o‘quvchidan iborat ikkitadan sinf tashkil etiladi.
  • Prezident maktab-internatlariga respublika umumta'lim muassasalarining 4-sinf bitiruvchilari orasidan qobiliyatli va iqtidorli bolalar tanlov asosida qabul qilinadi.

Ta’lim

Ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda tabiiy va aniq fanlar, robototexnika, axborot texnologiyalari va boshqa fanlarni o‘qitish.
Cambridge International dasturi bo‘yicha STEAM ta’lim tizimiga kiruvchi fanlarni malakali xorijiy o‘qituvchilar tomonidan ingliz tilida o‘qitish.
Yetakchi xorijiy va mahalliy oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish va muvaffaqiyatli o‘qish imkoniyatini beruvchi bilimlarni shakllantirish.
Tanqidiy fikrlash, yetakchilik va notiqlik san’ati ko‘nikmalarni rivojlantirish.
O‘quvchilarning ishtiyoqi va qobiliyatlari asosida individual o‘quv rejasini ishlab chiqish.
Ingliz tilini chuqur o‘rganish uchun sharoit yaratish.

O‘quv dasturi: STEAM ta’lim

Science
Fan

Bo‘lg‘usi mutaxassislarga texnologiya, tabiiy fanlar va muhandislikning turli sohalaridan keng qamrovli tayyorgarlik va bilimlar zarur bo‘ladi.

Technology
Texnologiya

STEAM bizning farzandlarimiz – bo‘lajak ixtirochilar, novatorlar va yetakchilarni olimlar kabi tadqiqotlar olib borish, texnologlar kabi modellashtirish, muhandislar kabi loyihalash, rassomlar kabi yaratish, matematiklar kabi tahliliy fikrlash va bolalar kabi o‘ynashga ilhomlantiradi.

Engineering
Muhandislik

STEAM yondashuvi tufayli bolalar sodir bo‘ladigan hodisalarning mantig‘ini anglash, ularning o‘zaro munosabatlarini tushunish, dunyoni tizimli ravishda o‘rganish va shu bilan birga qiziquvchanlikni, muhandislik fikrlash uslubini, tanqidiy vaziyatlardan chiqish qobiliyatini rivojlantirishi mumkin.

Art
San’at

STEAM asosini loyihalashtirishning muhandislik yondashuvi tashkil etib, bunda avvalo mahsulot yoki jarayonning prototipi yaratiladi.

Mathematics
Matematika

Tadqiq etish, prototipni yaratish yoki takomillashtirish jarayonida bola bir nechta fandan bilimlarini qo‘llashiga to‘g‘ri keladi, bu esa unda olamning yaxlit tabiiy-ilmiy suratini shakllantirishga ko‘maklashadi.

Ariza bering

Ariza topshirish uchun

Arizani to‘ldirish Tizimga kirish

O’zbekiston Respublikasi, 100060, Toshkent shahri,
Yakkasaroy tumani, Mirobod ko’chasi, 12.
Bog‘lanish markazi: +998 (71) 207-72-22