Yangiliklar
Orqaga

Prezident maktablariga kira olmagan nomzodlar qaysi ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida taʼlim olishi mumkin?

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining qoʻshma qarori bilan Prezident maktablarining asosiy imtihonlarida ishtirok etgan, yuqori ball yigʻib, oʻqishga qabul qilinmagan nomzodlarni imtihonsiz, qoʻshimcha kvota asosida qabul qiluvchi ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari roʻyxatini tasdiqladi.

Qoʻshma qaror bilan tasdiqlangan roʻyxatga Qoraqalpogʻiston Respublikasida 11 ta, Namangan viloyatida 20 ta, Xorazm viloyatida 20 ta va Toshkent shahrida 14 ta ixtisoslashtirilgan maktablar kiritilgan.

Mazkur maktablarda Prezident maktablarining 5- va 7-sinfida oʻqish istagini bildirgan va asosiy imtihonlarda 25-oʻrindan boshlab, eng yuqori natija koʻrsatgan oʻquvchilar ballar ketma-ketligida, qoʻshimcha kvota asosida oʻrnatilgan tartibda ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga qabul qilinadi.