Angliyaning Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan Prezident maktablariga kirish imtihonlari savollari namunasining ingliz tilidagi shakli taqdim etildi. Quyidagi havola orqali imtihon savollari namunasini yuklab olishingiz mumkin.

Quyida saralash imtihon savollarining javoblar varaqasi namunasi berilgan.

Prezident maktablariga topshirgan talabgorlarning soni rejalashtirilgandan ham oshib ketganligi sababli kirish imtihonlarini oʻtkazishga maʼsul chet ellik tashkilot Cambridge assessment – saralash bosqich imtihonlarini (pre-selection) oʻtkazilishi lozimligi maʼlum qilindi.

Prezident maktablariga saralash bosqich imtihonlari (pre-selection) qachon va qayerda boʻlib oʻtadi?

Prezident maktablariga saralash bosqich imtihonlari (pre-selection) 2019-yil 26-iyun – 3-iyul davomida boʻlib oʻtadi.

Ota-onalar oʻquvchilar bilan birgalikda 2019-yil 26-27-28-iyun kunlari Prezident maktablari saralash imtihonlariga tayyorgarlik kunlari (orientation day) – saralash bosqich imtihonlari boʻlib oʻtadigan binoga tashrif buyurishadi va imtihonga tayyorgarlik boʻyicha barcha tegishli maʼlumotlarni olishadi.

OTA-ONALAR DIQQATIGA!

Qayerga va qachon tashrif buyurishni bilish uchun:

1. SMS xabarni kuting, maʼlumotnomada toʻldirilgan telefon raqamingizga SMS xabar yuboriladi.
2. Ushbu SMS xabarni olganingizdan soʻng Prezident maktablari rasmiy veb-sayti – PM.XTV.UZ orqali QAYERGA VA QACHON tashrif buyurishingizni bilib olishingiz mumkin boʻladi.

Kirish imtihonlari tayyorgarlik kuniga ota-onalar:

1. FAQATgina PM.XTV.UZ veb-saytda koʻrsatilgan manzil, vaqt va kunda kelishlari kerak;
2. Oʻquvchining tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasining asli (originali) bilan kelishlari shart.

Prezident maktablariga saralash bosqich imtihonlari 29-30-iyun va
1-2-3-iyul kunlari boʻlib oʻtadi. Batafsil maʼlumotlarni ota-onalar va oʻquvchilarga (orientation day) 26-27-28-iyun davomida xabar beriladi.

Saralash bosqich imtihonlari (pre-selection) boʻlib oʻtadigan bino manzillari:

✅ Toshkent shahrida — Toshkent shahri, Oʻzkoʻrgazmasavdo maʼsuliyati cheklangan jamiyatiga tegishli bino (manzil: Toshkent sh., Beruniy koʻchasi, 41-uy);

✅ Urganch shahrida — Yoshlik sport majmuasi (manzil: Urganch sh., Yoshlik koʻchasi, 1 uy);

✅ Namangan shahrida — Barkamol avlod sport majmuasi (manzil: Namangan sh., Istiqlol koʻchasi).

✅ Nukus shahrida:
📌 Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha Nukus oliy sport mahorati maktabi (manzil: Nukus sh., M.Jumanazarov koʻchasi, 172-uy) va
📌 Nukus ixtisoslashtirilgan Olimpiya rezervlari maktab-internati (manzil: Nukus sh., Chimboy guzari, raqamsiz uy).