Prezident maktablari mahalliy o’qituvchi lavozimlariga tanlov e’lon qiladi

Tanlov 2 bosqichdan iborat:

Birinchi bosqich – nomzod tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni tahlil qilish va saralab olish;

Ikkinchi bosqich – fan bo’yicha bilim darajasini aniqlash va suhbat.

Tanlovda ishtirok etish uchun ushbu havola orqali online ariza yuborishingiz mumkin.

Prezident maktablariga yuqori malakali o‘qituvchilar quyidagi fanlar bo‘yicha tanlab olinadi:

  • Ona tili va adabiyoti
  • Rus tili (o‘zbek sinflar uchun)
  • O‘zbek tili (Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun)
  • Ingliz tili (IELTS-7.0/ TOEFL IBT- score 101/ TOEFL Paper based- score 587 xalqaro sertifikatlari talab etiladi)
  • Nemis tili
  • Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari majmuasiga kiruvchi fanlar
  • Tarix (Jahon tarixi, O‘zbekiston tarixi, Dinlar tarixi, Davlat va huquq asoslari)
  • Matematika *
  • Informatika va AT *
  • Fizika va astronomiya *
  • Kimyo *
  • Biologiya *
  • Geografiya, iqtisodiyot, tadbirkorlik asoslari
  • Musiqa/drama *
  • Tasviriy san’at *
  • Texnologiya *
  • Jismoniy tarbiya
  • Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorlash

*ushbu fanlar STEAM-ta’lim dasturiga kirganligi va xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o‘quv rejalari, dasturlari bo‘yicha o‘qitilishi sababli nomzodlar ingliz tilini CEFR В2 / IELTS 5.5 darajasida bilishi lozim.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

  • oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lishi;
  • chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash fani o‘qituvchisiga – o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot yoki pensiya olish huquqi bilan zahiraga bo‘shatilgan harbiy ofitser;
  • kamida ikkinchi malaka toifasining mavjudligi;
  • umumta’lim muassasalarida 5 yildan kam bo’lmagan pedagogik ish tajribasiga egaligi;
  • o‘zbek/qoraqalpoq (Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun) tillarida savodli yozma va og‘zaki nutq, ingliz tilini bilishi;
  • kompyuter texnologiyalarini va o‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
  • tashkilotchilik qobiliyati, ijodiy tafakkurga egaligi;
  • bolalar va katta yoshdagilarning yosh va shaxs bilan bog‘liq psixologiyasini bilishi;
  • ravon nutq madaniyati;
  • shaxslararo munosabatlarni o‘rnatish qobiliyati;
  • yakka tartibda va jamoada ishlash qobiliyati;
  • tashabbuskorlik, stressga chidamliligi;
  • so‘nggi 5 yil davomida «Yil o‘qituvchisi» ko‘rik-tanlovining Respublika, viloyat sovrindorlari bo‘lish maqsadga muvofiq.