O‘quv tizimi

Prezident maktabi internat shaklidagi davlat taʼlim muassasasi hisoblanib, oʻquvchilar haftaning besh kuni davomida (dushanba-juma) maktab hududida qolib oʻqishlari talab etiladi.

Barcha o‘quvchilar maktab hududida dushanbadan jumagacha kecha-kunduz bo‘ladi, dam olish kunlari esa ota-onalar farzandlarini uyga olib ketishlari mumkin (shu bilan birga o‘quvchilar maktab-internatda dam olish kunlari ham qolishlari mumkin).

Bunday tizimda ta’lim eng samarali hisoblanadi, chunki bolalarga ular uchun yaratilgan rivojlanish muhitida doimiy ravishda bo‘lish imkonini beradi. Bunday sharoitda bolalar o‘z iste’dodlari va qobiliyatlarini maksimal darajada oshirish imkoniyatiga ega.