Yangiliklar
Orqaga

Prezident maktablari imtihoni: 2-kun

Prezident maktablari yakuniy bosqich imtihonlarining 2-kunida umumiy 7 680 ta oʻquvchi (5, 6, 7 va 8-sinf oʻquvchilari) kelishi rejalashtirilgan edi. Shundan jami 7 661 (99,8%) oʻquvchi qatnashdi, 19 (0,2%) nafari kelmadi va imtihondan chetlashtirilganlar boʻlmadi.

Hududlar kesimidagi batafsil maʼlumot quyidagi jadvalda keltirilgan.

Xohlovchilar Prezident maktablarining asosiy imtihonlari jarayonlarini test2019.uz (https://test2019.uz/) havolasi orqali online kuzatishlari mumkin.

Ertaga yakuniy imtihonlarning oxirgi kuni, imtihon 4 ta hududda 9-10-sinflar uchun oʻtkaziladi.

Imtihonlarning asosiy bosqichi axborotni tahlil qilish va solishtirish qobiliyatini aniqlash boʻyicha (16 ta masala), mantiq elementlari boʻlgan matematika fanidan (24 ta masala) hamda ingliz tili (55 ta test savoli, shundan 25 tasi eshitib yozish – listening) dan iborat boʻladi.