Yangiliklar
Orqaga

Prezident maktablari imtihonlari yakunlandi!

Asosiy bosqich imtihonlarining 3 kunlik 2019-yil 22, 23 va 24-iyul yakunilariga koʻra umumiy 11 473 nafar oʻquvchi kelishi rejalashtirilgan. Shundan jami 11 426 (99,6%) nafar oʻquvchi qatnashdi, 47 (0,4%) nafari kelmadi. Batafsil xududlar kesimidagi maʼlumot quyidagi jadvalda keltirilgan:

Yakuniy bosqich imtihonlari jarayonida imtihondan chetlashtirilganlar boʻlmadi va koʻngilsiz voqealar kuzatilmadi.

Prezident maktablarining asosiy imtihonlarini shaffofligini taʼminlash hamda ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida imtihon jarayonlarini real vaqt rejimida (online) kuzatish uchun imkoniyat yaratildi. Barcha xohlovchilar kirish imtihonlari jarayonlarini https://test2019.uz/ havolasi orqali online kuzatishdi.

Prezident maktabiga, yakuniy bosqichda ishtirok etishi kerak boʻlgan 11 473 nafar talabgordan jami Toshkent, Namangan, Xorazm va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prezident maktablarida oʻqishga 576 (5%) nafar talabgorlar yoʻllanma olishadi.

Yakuniy bosqich imtihonlari natijalari Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan ularning rasmiy veb-saytida 20-avgustga qadar eʼlon qilinishi rejalashtirilgan.