Yangiliklar
Orqaga

Prezident maktablari saralash imtihon natijalari eʼlon qilindi!

Joriy yilning 29-iyunidan 2-iyuliga qadar oʻtkazilgan saralash imtihon test sinovlarining natijalari 16-iyul kuni Cambridge Assessment International Education tashkiloti veb-saytida eʼlon qilindi:
Test natijalarini kompyuter ishlatgan holda ushbu havola orqali koʻrishingiz mumkin:

https://www.admissionstesting.org/pre-selection-results/

Ushbu koʻrsatilgan veb-saytga kirganingizdan soʻng:
1. Talabgor topshirgan hududini tanlang.
(Toshkent, Namangan, Xorazm va Qoraqalpogʻiston Respublikasi).
2. Soʻngra Prezident maktablariga topshirgan sinfini tanlang.
(5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-sinf).
3. Nomzodning natijasini bilish uchun qidirish tugmasini bosib (Ctrl+F), sizga taqdim etilgan 11 raqamlik maxsus identifikatsiya raqamini tering va Enter tugmasini bosing.
4. Yakuniy bosqich imtihonlariga oʻtgan nomzodlar – jadvalning yuqori qismida koʻk rangda belgilangan boʻladi.
5. Yakuniy bosqich imtihonlariga oʻta olmagan nomzodlar esa – oq rang bilan belgilangan boʻladi.

Eʼlon qilinadigan natijalar namunasi quyidagi rasmda keltirilgan.
Ushbu koʻrsatilgan roʻyxat NAMUNA ekanligini unutmang!

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyun 526-sonli qarorining “Prezident maktablari toʻgʻrisidagi Nizom” 41-bandiga asosan, Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalarini tekshirish va talabgorlarning javoblari natijalarini baholash taʼlim sohasida faoliyat yurituvchi xorijiy tashkilot – Cambridge Assessment International Education tomonidan amalga oshiriladi. Natijalar anonim tarzda eʼlon qilinadi. Nomzodning shaxsiy maʼlumotlari koʻrsatilmaydi.

Shuningdek, Prezident maktablari nomzodlarga qoʻyiladigan talablar va qabul qilish tartibi boʻyicha maʼlumotlarni rasmiy veb-sayt orqali olishingiz mumkin.
Havola: https://pm.xtv.uz/qabul-tartibi/

Asosiy imtihonlar 21-24-iyul kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Yakuniy bosqichga saralash imtihonida qatnashgan 27 119 nomzoddan 11 520 tasi (42,5%), yaʼni qabul kvotasida belgilangan har bir oʻringa 20 kishi hisobidan maksimal talabgorlar yoʻllanma olishadi.
Nomzodlar asosiy imtihonlarga puxta tayyorgarlik qilishlari maqsadida Angliyaning Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan Prezident maktablariga mantiqiy va tanqidiy matematika boʻyicha savollar namunasi ingliz tilidagi shakli taqdim etilgan. https://t.me/prezident_maktablar/34

Hurmat bilan,
Prezident maktablari va Cambridge Assessment International Education jamoasi.