Yangiliklar
Orqaga

Prezident maktablari yakuniy bosqich imtihonlari 21-24-iyul kunlari davomida boʻlib oʻtadi!

Saralash bosqich imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar ota-onalari bilan birgalikda 2019-yilning 21-iyul kuni asosiy bosqich imtihonlari boʻlib oʻtadigan binoga tashrif buyurishlari va imtihonga tayyorgarlik boʻyicha barcha tegishli maʼlumotlarni olishlari kerak boʻladi.

YAKUNIY BOSQICH IMTIHONLARIGA OʻTGAN NOMZODLAR DIQQATIGA!

Qayerga va qachon tashrif buyurishni bilish uchun:
1. Maʼlumotnomada koʻrsatilgan telefon raqamingizga SMS xabar yuboriladi.
2. Ushbu SMS xabarni olganingizdan soʻng Prezident maktablari rasmiy veb-sayti – PM.XTV.UZ orqali QAYERGA VA QACHON tashrif buyurishingizni bilib olishingiz mumkin boʻladi.

Havola: https://ps.uzedu.uz/Pupils/AboutExam

Yakuniy bosqich imtihonlari tayyorgarlik kuniga ota-onalar:

1. PM.XTV.UZ veb-saytda koʻrsatilgan manzil, vaqt va kunda kelishlari kerak;
2. Taqdim etilgan maxsus ID (imtihon guvohnomasi) va oʻquvchining tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasining asli (originali) bilan kelishlari shart.
Prezident maktablariga yakuniy bosqich imtihonlari 22-24-iyul kunlari boʻlib oʻtadi.
Batafsil maʼlumotlarni ota-onalar va oʻquvchilarga (orientation day) 21-iyul kunida xabar beriladi.

Yakuniy bosqich imtihonlari (Admission) boʻlib oʻtadigan bino manzillari:

✅ Toshkent shahrida — Toshkent shahri, Oʻzkoʻrgazmasavdo maʼsuliyati cheklangan jamiyatiga tegishli bino (manzil: Toshkent sh., Beruniy koʻchasi, 41-uy);

✅ Urganch shahrida — Yoshlik sport majmuasi (manzil: Urganch sh., Yoshlik koʻchasi, 1 uy);

✅ Namangan shahrida — Barkamol avlod sport majmuasi (manzil: Namangan sh., Istiqlol koʻchasi).

✅ Nukus shahrida:

📌 Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha Nukus oliy sport mahorati maktabi (manzil: Nukus sh., M.Jumanazarov koʻchasi, 172-uy) va
📌 Nukus ixtisoslashtirilgan Olimpiya rezervlari maktab-internati (manzil: Nukus sh., Chimboy guzari, raqamsiz uy).