Yangiliklar
Orqaga

Prezident maktablari yakuniy imtihonlari boshlandi!

Prezident maktablari yakuniy bosqich imtihonlari 22-24-iyul davomida oʻtkaziladi. Imtihonlarning 1-kunida umumiy 3 840 ta oʻquvchi (5 va 6-sinf oʻquvchilari) kelishi rejalashtirilgan edi. Shundan jami 3 828 (99,7%) oʻquvchi qatnashdi, 12 (0,3%) nafari kelmadi va 3 nafar oʻquvchi imtihondan chetlashtirildi.

Hududlar kesimidagi batafsil maʼlumot quyidagi jadvalda keltirilgan.

Prezident maktablarining asosiy imtihonlari shaffofligini taʼminlash va ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida imtihon jarayonlarini real vaqt rejimida (online) kuzatish uchun imkoniyat yaratildi (https://t.me/prezident_maktablar/93).

11 473 nafar talabgordan Toshkent, Namangan, Xorazm va Qoraqalpogʻiston Prezident maktablarida oʻqishga 576 (5%) nafar talabgor yoʻllanma olishadi.

Yakuniy bosqich imtihonlari natijalari Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan ularning rasmiy veb-saytida 20-avgustga qadar eʼlon qilinishi rejalashtirilgan.

Prezident maktablari yakuniy imtihoniga tayyorgarlik kunida (orientation day) qatnashgan oʻquvchilar boʻyicha maʼlumot.
Prezident maktablariga 21-iyul kuni 4ta hududda yakuniy imtihonga oʻtgan barcha nomzodlarlar (11 473ta) uchun tayyorgarlik kuni (orientation day) tashkil qilindi. Batafsil hududlar kesimidagi maʼlumot quyidagi jadvalda keltirilgan:

Hudud

21.07.2019 y.
kelishi kerak bo’lganlar soni  

Kelganlar soni

Kelmaganlar soni

Toshkent

2 817 ta

2 762 ta

55 ta

Namangan

2 880 ta

2 866 ta

14 ta

Xorazm

2 896 ta

2 884 ta

12 ta

Qoraqalpog’iston Respublikasi

2 880 ta

2 856 ta

24 ta

Jami

11 473 ta

11 368 ta

105 ta