Yangiliklar
Orqaga

Prezident maktablariga oʻqishga kirgan oʻquvchilarning ota-onalari bilan uchrashuv

Joriy yilning 4-sentabr kuni Prezident maktablari tashkil etilayotgan 4 ta hududda imtihonlardan muvaffaqqiyatli oʻtgan oʻquvchilar ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida ota-onalarga Prezident maktablariga oʻqishga kirgan farzandlarini yangi oʻquv yili boshlanguniga qadar oʻzlari oʻqib turgan umumtaʼlim muassasalarida taʼlim olishlari hamda yangi oʻquv yiliga puxta tayyorgarlik koʻrishlari boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi. Xususan, oʻquvchilar yangi muhit, STEAM taʼlim dasturi, maktab-internati sharoitida oʻqishga tayyorgarlik koʻrish va ingliz tili boʻyicha bilimlarini mustahkamlashlari kerakligi taʼkidlandi.
Murojaat uchun Call center raqami – 71 207 7222