Arizachi Prezident maktablariga kirish uchun hujjatlarni ikki usulda topshirishi mumkin:

  1. Online (pm.xtv.uz sayti orqali)
  2. Offline (qabul markazlariga borish orqali)

Online qabul jarayoni

1. Arizachi (ota-onasi yoki qonuniy vakil) talabgor quyidagi ma’lumotnoma shaklini yuklab olib namunadagi kabi to’ldiradi. Ma’lumotnoma nomzod o‘qiyotgan maktab direktori muhri va imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.

2. Arizachi talabgorning joriy o‘quv yili tabelini namunadagi kabi nusxasini olishi kerak. Nusxa direktor imzosi va muhr bilan tasdiqlanishi shart.

3. Arizachi quyidagi hujjatlarning skaner qilingan nusxasini yetkazishi lozim:

    1. Direktor imzosi va muhri bilan tasdiqlangan, belgilangan namunadagi maktabdan ma’lumotnoma;
    2. Joriy o’quv yili tabeli nusxasi;
    3. Tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi.

4. Arizachi ushbu havola orqali (online) tarzda ariza yuboradi.


5. Arizachiga arizasi qabul qilinganini tasdiqlovchi SMS-xabar jo‘natiladi, SMS-xabarda shaxsiy kabinetga kirishga taalluqli ma’lumotlar ham bo‘ladi.

6. Arizachi ushbu havola orqali shaxsiy kabinetiga kirib ariza holati va yangiliklardan xabardor bo‘ladi.



Offline qabul jarayoni

1. Arizachi (ota-onasi yoki qonuniy vakil) talabgor quyidagi ma’lumotnoma shaklini yuklab olib namunadagi kabi to’ldiradi. Ma’lumotnoma nomzod o‘qiyotgan maktab direktori muhri va imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.

2. Arizachi talabgorning joriy o‘quv yili tabelining nusxasini olishi kerak. Nusxa namunadagi kabi olinishi hamda direktor imzosi va muhri bilan tasdiqlanishi shart.

3. Arizachi quyidagi tayyorlangan hujjatlarni Qabul qilish markaziga olib kelib taqdim qiladi:

    1. Direktor imzosi va muhri bilan tasdiqlangan, belgilangan namunadagi maktabdan ma’lumotnoma;
    2. Joriy o’quv yili tabeli asl nusxasi va nusxasi;
    3. Tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi.

5. Arizachiga arizasi qabul qilinganini tasdiqlovchi SMS-xabar jo‘natiladi, SMS-xabarda shaxsiy kabinetga kirishga taalluqli ma’lumotlar ham bo‘ladi.

6. Arizachi ushbu havola orqali shaxsiy kabinetiga kirib ariza holati va yangiliklardan xabardor bo‘ladi.

 

Arizalarni qabul qilish 2019-yil 1-iyundan 22-iyungacha davom etadi.