Qo‘shimcha imkoniyatlar

Barcha o‘quvchilarga quyidagilar bepul taqdim etiladi:

  • barcha qulayliklarga ega qulay yotoqxona (o‘g‘il-qizlar uchun xonalar turli qavatlarda joylashgan);
  • issiq ovqat;
  • maktab formasi;
  • o‘quv qo‘llanmalari.

Qiziqarli va foydali dam olish uchun sharoit yaratilgan (sport majmuasi, kutubxona, turli to‘garaklar).

Maktab-internatda psixolog, shifokor, hamshira mavjud.

Maktab-internat hududida o‘tkaziladigan vaqt mobaynida bolalar tarbiyachilar qaramog‘ida bo‘ladilar.