Toshkent, Namangan, Nukus va Xiva shaharlaridagi Prezident maktablari shijoatli, boshqaruv jarayonida innovatsion faoliyatni tashkil eta oladigan, yuqori tashkilotchilik qobiliyatiga ega mustaqil fikrlovchi, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘z faoliyatida tatbiq eta oladigan, ingliz tilini biladigan rahbarlarni tanlovda ishtirok etishga taklif qiladi.

Tanlov 2019 yil 11 maydan 29 iyungacha bo‘lib o‘tadi. Arizalar 2019 yilning 7 iyun kuniga qadar qabul qilinadi.

Tanlov 2 bosqichdan iborat:

Birinchi bosqich – nomzod tomonidan taqdim etilgan axborot, materiallar va hujjatlarni tahlil qilish va saralab olish;

Ikkinchi bosqich – nomzod bilan suhbat.

Prezident maktabi direktorligiga nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

  • oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
  • rahbarlik lavozimida kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lishi;
  • xalq ta’limi tizimiga oid milliy qonunchilikni mukammal bilishi;
  • muzokaralar olib borish qobiliyati;
  • yetakchilik fazilatlarining mavjudligi, shaxslararo munosabatlarni o‘rnatish qobiliyati, tashkilotchilik va mas’uliyatlilik;
  • yakka tartibda va jamoada ishlash qobiliyati, nizolarni hal qilish qobiliyatlari;
  • tashabbuskorlik, ijodkorlik, stressga chidamlilik, qaror qabul qilish qobiliyatlari;
  • tadbirkorlik ko‘nikmalari;
  • MS Office, Internet kompyuter dasturlaridan mukammal foydalana olishi;
  • o‘zbek, rus hamda ingliz tillarini (CEFR B2 darajasida) bilishi.

Prezident maktabi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari nomzodlariga qo‘yiladigan talablar:

  • oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lishi;
  • 5 yildan kam bo‘lmagan pedagogik ish staji mavjudligi;
  • tegishli lavozimda yoki shunga teng keladigan lavozimda kamida 3 yillik ish tajribasining mavjudligi;
  • xalq ta’limi tizimiga oid milliy qonunchilikni mukammal bilishi;
  • muzokaralar olib borish salohiyati;
  • yetakchilik fazilati mavjudligi, shaxslararo munosabatlarni o’rnatish qobiliyati, tashkilotchilik va mas’uliyatlilik;
  • yakka tartibda va jamoada ishlash qobiliyati, nizolarni hal qilish qobiliyatlari;
  • tashabbuskorlik, ijodkorlik, stressga chidamlilik, qaror qabul qilish qobiliyatlari;
  • MS Office, Internet kompyuter dasturlaridan mukammal foydalana olishi;
  • o’zbek, rus hamda ingliz tillarini (CEFR B2 darajasida) bilishi;
  • “STEAM-ta’lim” haqida tushunchalarga ega bo’lishi.

Prezident maktabi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari nomzodlariga qo‘yiladigan talablar:

  • kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot yoki pensiya olish huquqi bilan zahiraga bo‘shatilgan harbiy ofitserlik darajasiga ega bo‘lishi;
  • ijtimoiy-gumanitar fan mutaxassisi bo‘lishi maqsadga muvofiq;
  • 5 yildan kam bo‘lmagan pedagogik ish stajining mavjudligi;
  • tegishli lavozimda yoki shunga teng keladigan lavozimda kamida 3 yillik ish tajribasining mavjudligi;
  • xalq ta’limi tizimiga oid milliy qonunchilikni mukammal bilishi;
  • ijodiy tafakkurga ega bo‘lishi, bolalar va katta yoshdagilarning yosh va shaxs bilan bog‘liq psixologiyasini bilishi;
  • pedagogika fani va amaliyoti, boshqaruv psixologoyasinining jahon va mamlakat miqyosidagi erishilgan yutuqlardan xabardor bo‘lishi;
  • vatanparvarlik va Vatanga muhabbat tuyg‘usini, bag‘rikenglik, qonunlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatni, hayotga qat’iy ishonch va qarashlarni shakllantirish usullarini bilishi;
  • muzokara olib borish salohiyati;
  • yetakchilik fazilatlarining mavjudligi, shaxslararo munosabatlarni o‘rnatish qobiliyati;
  • yakka tartibda va jamoada ishlash qobiliyati, nizolarni hal qilish qobiliyatlari;
  • tashabbuskorlik, ijodkorlik, stressga chidamlilik, qaror qabul qilish qobiliyatlari;
  • MS Office, Internet kompyuter dasturlaridan mukammal foydalana olishi;
  • o‘zbek, rus hamda ingliz tillarini (CEFR B2 darajasida) bilishi.
  • “STEAM-ta’lim” haqida tushunchalarga ega bo‘lishi.

Rezyume va inshongizni («Prezident maktabi mening tasavvurimda» mavzusida ikki sahifadan ko‘p bo‘lmagan insho) hr_pm@itsm.uz elektron pochta manziliga yuboring.